Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoy raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi ilk uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtishini tasdiqladi. Muzokaralar payshanba kuni Xitoy janubidagi texnologiya markazi — Shenchjen shahrida, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida oʻtkaziladi.
Pekin rasmiylariga koʻra, yetakchilar oʻzaro muloqotda oʻta muhim mavzularni, jumladan, jahon tinchligini asrash masalasini muhokama qiladi. Biroq Xitoy tomoni uchrashuv kun tartibidagi aniq bandlarni oshkor qilmadi.
Shunga qaramay, koʻpchilik kuzatuvchilar dunyodagi eng yirik uchta yadroviy davlat rahbarlari yadroviy qurolsizlanish masalasini ham koʻtarishiga umid qilmoqda. Bunday yuqori darajadagi muzokaralarga Shenchjenda mezbonlik qilish Si Szinpinning xalqaro maydondagi nufuzi va asosiy vositachi maqomini yanada mustahkamlaydi.